Shoygu MDH mudofaa vazirlariga eng yangi qurollarni namoyish qildi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy-texnik masalalarda MDH bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga doimo ochiq — Shoygu.
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Rossiya MDH davlatlari bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni oshirishga doim ochiq, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu juma kuni MDH Mudofaa vazirlari kengashining Tula shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida.
"Harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari mudofaa vazirlari kengashi va ikki tomonlama aloqalarning doimiy diqqat markazida. Shu munosabat bilan Rossiya Federatsiyasi bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishga doimo ochiq ekanligini ta’kidlamoqchiman", — dedi Shoygu.
Shuningdek, Rossiya mudofaa vaziri MDHlik hamkasabalariga Tula qurolsozlik korxonalarida ishlab chiqilgan Rossiyaning eng yangi o‘qotar qurollar namunalari bilan tanishtirdi.
Ana shunday qurollardan biri PP-2000 pistolet-pulemoti bo‘ldi. Ushbu qurolni seriyali ishlab chiqish Rossiyada yaqinda boshlangan. Ayni damda undan maxsus bo‘linmalar hamda uchuvchilar to‘pponcha o‘rniga foydalanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0