Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
Uchtepa va Bektemir tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda soat 09:00dan "svet" o‘chiriladi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Uchtepa va Bektemir tumanlaridagi ayrim ko‘chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Uchtepa tumani: "Bog‘ichinor" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: "Gulbog‘" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0