Ikki vazir yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan muhim hujjatni imzoladi — endi nimalar o‘zgaradi?

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi.
Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha hujjat imzolandi.
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishga oid ishlab chiqilgan hujjat imzolandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi.
Milliy strategiya tashabbusi eko-faollar, shu jumladan, imzolash marosimida ishtirok etgan “Eco-schools Uzbekistan” loyihasi a’zolari tomonidan ilgari surilgan. Eko-faollar Strategiyani UNICEF va UNESCO xalqaro ekspertlari ko‘magida GEP tavsiyalarini hisobga olgan holda ishlab chiqish jarayonining teng huquqli ishtirokchisi bo‘lishdi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi.
Podpisana Natsionalnaya strategiya po prodvijeniyu kulturi ustoychivogo razvitiya i vovlecheniyu detey i molodoji Uzbekistana v klimaticheskuyu povestku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi.
"Bu muhim hujjat nafaqat vazirlar, balki bolalarning o‘zi tomonidan ishlab chiqildi va imzolandi. Biz ushbu strategiya har bir bola va yosh jamiyatimiz farovonligi va barqarorligiga o‘z hissasini qo‘shadigan istiqbolli rivojlanish uchun asos bo‘lishiga ishonamiz. Ushbu hujjat namuna bo‘lishiga aminman hamda O‘zbekiston bolalari va yoshlari ushbu namunali tajriba bilan COP-28 doirasida o‘rtoqlashishlariga umid qilaman", - dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.
Strategiya bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishdagi rolini e’tirof etish, ularning sohadagi faol ishtirokini ta’minlash, shu jumladan, o‘quv jarayonida asosiy e’tiborni bilim berishdagi muammolarni o‘rganish va yechimlarni izlashga yo‘naltirishni nazarda tutadi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi.
Podpisana Natsionalnaya strategiya po prodvijeniyu kulturi ustoychivogo razvitiya i vovlecheniyu detey i molodoji Uzbekistana v klimaticheskuyu povestku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.09.2023
Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Milliy strategiya hamda Yo‘l xaritasi imzolandi.
Yoshlar strategiyasining asosiy vazifalari quyidagilar:
“yashil” ta’limni ilgari surish bo‘yicha milliy siyosat va harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda zarur o‘quv resurslarini yaratish;
bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va faollashtirish uchun turli manfaatdor tomonlar o‘rtasida sheriklik munosabatlari va hamkorlikni rivojlantirish hamda avlodlar o‘rtasidagi hamkorlikning muhim rolini e’tirof etish;
maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida “yashil” hamjamiyatni yaratish.
Qayd etilishicha, strategiya “yashil” ta’lim va barqaror rivojlanish tizimini izchil shakllantirish uchun tayanch hujjat bo‘lib xizmat qilishi lozim. Unda sifatli ekologik ta’limning asosiy tamoyillari qayd etilgan: uzluksizlik, fanlararo bog‘liqlik, fundamentallik va komplekslik.
Yangiliklar lentasi
0