Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 2-oktabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishPozitsii voyennoslujashix motostrelkovogo polka v Zaporojskoy oblasti
Pozitsii voyennoslujashix motostrelkovogo polka v Zaporojskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofa vazirligi hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi Krasnogorovka, Nevelskoe va Andreyevka aholi punktlari hududida UQKning 110-mexaniklashtirilgan, 59-moto-o‘qchi va 5 hujum brigadalarining uchta hujumini qaytardi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 180 ga yaqin harbiy xizmatchilarni, ikkita zirhli jangovar texnikani, uchta avtomashinani, shuningdek, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Chervonaya Dibrova va Belogorovka aholi punktlari hududida Ukraina Milliy gvardiyasining 67-mexanizatsiyalashtirilgan 5-brigadasining ikkita hujumni qaytardi. UQK yo‘qotishlari 60 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi. Artilleriyaga qarshi jang vaqtida "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, shuningdek, ikkita D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Borovaya, Novoe, Novoselovskoe va Makeyevka, aholi punktlari hududlarida UQKning 107-hududiy mudofaa brigadasi, 44, mexanizatsiyalashgan va 25-havo-desant brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini mag‘lub etdi. Dushman yo‘qotishlari 65 nafar harbiy xizmatchi, ikkita transport vositasi, shuningdek, M109 "Paladin" gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya kuchlari Rabotino, Malaya Tokmachka, Novodanilovka va Verbovoe aholi punktlari hududida, UQKning 47, 65, 117 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasini yo‘q qildi. Kun davomida 35 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, shu jumladan bitta Bradley BMPsi va uchta pikapi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, artilleriyaga qarshi jang paytida "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, M-46 to‘pi D-30 gaubitsasi, shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-48 radari yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Zaporoje viloyati Priyutnoe qishlog‘i hududida UQKning 128-hududiy mudofaa brigadasi hujumini qaytardi. DXRning Konstantinovka qishlog‘i hududida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan va 79-havo hujumi brigadalari ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi. Kun davomida 30 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita pikap yo‘q qilindi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va D-20 gaubitsasi ham zarar ko‘rdi.
Xerson yo‘nalishida 24 soat ichida sodir bo‘lgan artilleriya otishmasi natijasida 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita mashina yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari, zarba dronlari yordamida 107 ta hududda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi. Bundan tashqari, Zaporoje viloyati, Preobrajenka aholi punkti hududida "Anklav" navigatsiya uskunalariga to‘qsinlik qiluvchi stansiya vayron qilindi. LXRning Petrovskoe qishlog‘i hududida UQKning 66-mexanizatsiyalashgan brigadasining aloqa markaziga zarba berildi. Dnepropetrovsk viloyatidagi Dolginsevo aerodromida yoqilg‘i omborlari va aviatsiya o‘q-dorilari yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari, elektron kurash va o‘q otish qurollari yordamida UQKning ikkita AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining ikkita tezkor-taktik raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Ploshchanka, Peski, Betmanovo, Verbovoe, Chervonogorka, Pshenichnoe va Tokarevka aholi punktlari hududlarida 45 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 483 ta samolyot, 250 ta vertolot, 7 359 ta uchuvchisiz uchish apparati, 439 ta zenit-raketa tizimi, 12 266 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1 159 ta ko‘p martalik jangovar texnika, raketa tizimlari, 6623 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13700 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0