O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqadi

V komplekse “Amiri Divan” v Doxe sostoyalis peregovori mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Emirom Gosudarstva Katar sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani.
V komplekse “Amiri Divan” v Doxe sostoyalis peregovori mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Emirom Gosudarstva Katar sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Obuna bo‘lish
Dohada Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Dohadagi “Amiri Devon” majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, yetakchilar Ssiyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.
“O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori, strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish bildirildi”, - deyilgan xabarda.
Turli darajalarda muloqotlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshmoqda, ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Qatarning yirik kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalar boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
V komplekse “Amiri Divan” v Doxe sostoyalis peregovori mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Emirom Gosudarstva Katar sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
Tashrif arafasida Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi, uning faoliyati samarali sheriklikni faol rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.
Qatarda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalariga hamohang bo‘lgan “Nigoh 2030” davlat dasturiga yuqori baho berildi.
Tomonlar savdo ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirish, an’anaviy va “yashil” energetika, neft-kimyo, metallarni chuqur qayta ishlash, qurilish, turizm, moliya va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
V komplekse “Amiri Divan” v Doxe sostoyalis peregovori mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Emirom Gosudarstva Katar sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
Ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun 2024-yil yanvar oyida Dohada qo‘shma Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishlari va biznes forumini o‘tkazish taklif qilindi.
Madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozimligi qayd etildi.
O‘zbekiston Qatarning ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, biotexnologiyalar va sun’iy intellekt, “yashil” energetika borasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. Dohada O‘zbekiston madaniyati va turizm haftaligini o‘tkazishga kelishib olindi.
Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
V komplekse “Amiri Divan” v Doxe sostoyalis peregovori mejdu Prezidentom Respubliki Uzbekistan Shavkatom Mirziyoyevim i Emirom Gosudarstva Katar sheyxom Tamimom bin Xamadom Al Tani. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Shavkat Mirziyoyev va shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy muzokaralari
Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amaliy ilgari surish masalalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.
Tomonlar Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishni davom ettirish muhimligi haqida yakdil fikr bildirdilar.
Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari bir qator qo‘shma “yo‘l xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali ro‘yobga chiqarish mexanizmlarini yaratish topshirig‘ini berdilar.
Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0