Moskvada MDH mediaforumi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Maksim BlinovZdanie mejdunarodnogo informatsionnogo agentstva "Rossiya segodnya" na Zubovskom bulvare v Moskve.
Zdanie mejdunarodnogo informatsionnogo agentstva Rossiya segodnya na Zubovskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Forumda uzoq va yaqin xorijiy davlatlardan jurnalistlar hamda siyosiy elita, ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. MDH davlatlari mediaforumi 1-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi. “O‘zgaruvchan dunyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish” mavzusidagi ikkinchi mediaforum Hamdo‘stlik OAVning bugungi holati hamda istiqbollarini tahlil qilinadi.
Tadbir “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tomonidan, Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan.
Forumda "Rossiya segodnya" bosh direktori Dmitriy Kiselov, Davlat Dumasi Axborot siyosati, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari qo‘mitasi raisi Aleksandr Xinshteyn, Rossiya Jurnalistlar uyushmasi raisi Vladimir Solovyov, "Rossotrudnichestvo" rahbari Yevgeniy Primakov, Internetni rivojlantirish instituti bosh direktori Aleksey Goreslavskiy, Internet xavfsizlik Ligasi direktori, bedarak yo‘qolgan va jabrlangan bolalarga ko‘mak bo‘yicha milliy monitoring markazi ijrochi direktori Yekaterina Mizulina, Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti dekani Elena Vartanova, Oliy Iqtisodiyot maktabi Media instituti, teleboshlovchi Ernest Maskavichus va boshqalar so‘zga chiqadi. Muhokamalarda siyosiy elita, ommaviy axborot vositalari va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.
Forumning yalpi majlisi xalqaro jurnalistika, axborot xavfsizligi va MDH mamlakatlarida axborot-siyosiy makonda o‘zaro hamkorlik muammolariga bag‘ishlanadi. Tematik sessiyalarda media sohadagi sun’iy intellektning kelajagi, Telegram kanallarini qo‘llab-quvvatlashning samarali strategiyalari, Hamdo‘stlikda rus tilidagi ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalar davrda ixtisoslashtirilgan fakultetlar talabalarini tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
2022 yilda "Rossiya segodnya" xalqaro multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari media-forumida Rossiya, yaqin va uzoq xorij davlatlaridan 300 nafar jurnalist, siyosatchi va ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirning rasmiy sayti: https://mediaforumcis.ru/
OAV va ishtirokchilarni akkreditatsiya qilish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi https://mediaforumcis.ru/accreditation/
Aloqa uchun: +7 495-645-6601 (7083), org@mediaforumcis.ru
Yangiliklar lentasi
0