Bugun O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston OTM rektorlarining birinchi forumi boshlanadi

© Press-slujba prezidenta KirgizstanaQirg‘iziston va O‘zbekiston bayroqlari, arxiv surat
Qirg‘iziston va O‘zbekiston bayroqlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari va boshqa yirik ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashadi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Bugun Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi Qirg‘iz-O‘zbek universitetida “Oliy ta’lim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi boshlanadi.
“Forumda ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi va oliy ta’lim transformatsiyasi muhokama qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari va boshqa yirik ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashadi.
Forum o‘z ishini 4-oktabrga qadar davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0