Tog‘li Qorabog‘da o‘zini ko‘rsatgan Rossiya tinchlikparvar askarlari taqdirlandi

Obuna bo‘lish
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tunu kun monitoring qilishda davom etmoqda.
Tog‘li Qorabog‘da vazifalarni bajarayotgan Rossiya tinchlikparvar kuchlari orden va medallar bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni tunu kun monitoring qilishda davom etmoqda va Boku va Stepanakert bilan uzluksiz aloqada. Bu qon to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tinch aholi xavfsizligini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ hududidan Lochin yo‘lagi orqali mustaqil chiqib ketayotgan tinch aholi avtomobillari xavfsizligini ham ta’minlamoqda.
Tinchlikparvar kontingentining kuzatuv postlariga zaruriy ichimlik suvi, dori-darmon va yonilg‘i zaxirasi olib kelingan.
RMK obespechivayet bezopasnost peredvijeniya avtomobiley s mirnimi jitelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.10.2023
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dagi xavfsizlikni qanday ta’minlashmoqda – video
Yangiliklar lentasi
0