Dunyo iqtisodiy qullik modelidan xalos bo‘lmoqda — Putin

Obuna bo‘lish
Adolatli va ko‘p qirrali dunyo yaratish muqarrar va tarixiy zarur — Putin.
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Jahon iqtisodiy mustamlakachilikdan asta-sekin uzoqlashmoqda, dedi Vladimir Putin bugun Sochida bo‘lib o‘tayotgan moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha xalqaro olimpiada ishtirokchilari bilan uchrashuvda.

"Dunyo asta-sekin butun boshli mintaqalarni qarzga botirish, iqtisodiy koloniyalarga aylantirish va ularni rivojlanish manbalaridan mahrum qilishga qaratilgan moliyaviy-iqtisodiy diktatura modelidan qutulayapti", - dedi Rossiya prezidenti olimpiada ishtirokchilariga.

Barcha uchun teng imkoniyatlar yaratuvchi, adolatli va ko‘p qirrali dunyo yaratish muqarrar va tarixiy zarur. Ammo bunday dunyo tartibi uchun mustahkam iqtisodiy asoslar kerak bo‘ladi.
Davlat rahbari bugungi kunda texnologik moliyaviy vositalar jadal rivojlanayotganini, biroq xalqaro hamkorlik uchun o‘zaro ishonch o‘ta muhimligini eslatib o‘tdi.

"Moliya sohasida ilg‘or yechimlar, ilg‘or texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Bular raqamli valyuta, raqamli moliyaviy aktivlar, yangi to‘lov xizmatlari va moliyaviy hisob-kitob modellari. Shu jumladan, blokcheyn texnologiyalari ham. Men istardimki, yana bir bor aytmoqchimanki, bu sohada, ayniqsa, xalqaro iqtisodiy hamkorlik haqida gap ketganda, o‘zaro ishonch va sheriklar va bir-birining manfaatlarini hurmat qilish juda muhim”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti dunyo xalqaro moliyaviy xavfsizlik masalalarida konsensusga kelishiga ishonch bildirdi.
Moliyaviy olimpiada Sochi viloyatidagi Sirius federal hududida bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0