Bugun poytaxtning ikki tumanida gaz qisman o‘chiriladi — manzillar

Gaz plitasi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Bugun, 5-oktabr kuni, Toshkent shahrining ikki tumanida gaz qisman o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Shayxontohur tumanining "O‘zbekiston" MFY Paxtachi ko‘chasiga soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
aholi xonadonlari soni — 50 ta yerli xonadon.
Shuningdek, ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor tumanining Zarqaynar mahallasiga soat 11:00 dan 17:30 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
aholi xonadonlari soni — 88 ta yerli xonadon;
ulgurji iste’molchilar soni — 4 ta.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0