Elektr uchun o‘suvchan koeffitsent qanday ishlaydi — vazirlik tushuntirib berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya "Uzenergosozlash"
Poseshenie xokimom Yashnabada Xojiakbarom Tillyashayxovim predpriyatiya Uzenergosozlash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘suvchan koeffitsen 98% foydalanuvchilarga umuman ta’sir qilmaydi — Eneregetika vazirligi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 1-noyabrdan elektr energiyasi uchun o‘suvchan koeffitsent qo‘llanila boshlanadi. Eneregetika vazirligi uning ishlash mexanizmini batafsil tushuntirib berdi.
O‘suvchan koeffitsent qanday ishlaydi?
1000 kVt/s. gacha (bir oyda) yoqsangiz — 295 so‘mdan, jami 295 ming so‘m to‘laysiz;
1001 — 5000 kVt/s.gacha — dastlabki 1000 kVt/s uchun 295 so‘mdan, qolgan 4000 kVt/s uchun 590 so‘mdan to‘laysiz. Misol uchun: 4850 kVt/s yoqqan bo‘lsangiz (1000*295)+(3850*590) = 2 566 500.
5000 — 10 000 kVt/s.gacha — dastlabki 1000 kVt/s uchun 295 so‘mdan, keyingi 4000 kVt/s uchun 590 so‘mdan, qolgan 5000 uchun 885 so‘mdan to‘laysiz. Misol uchun: 9420 kVt/s yoqqan bo‘lsangiz (1000*295)+(4000*590)+(4420*885) = 6 566 700.
10 000 kVt/s.dan ortiq iste’mol qilganlar — 10 ming kVt/s.dan ortgan miqdor uchun bazaviy tarifning 4 baravari, ya’ni 1180 so‘mdan to‘laydi.

"Mazkur o‘suvchan koeffitsiyent iste’molchilarining 98 foiziga (7,589 mln.) mutlaqo ta’sir qilmaydi. <…> Atigi 146 mingdan ortiq abonentlar 1000 kVt/soatdan ko‘p elektr yoqadi. Ularning atigi 10 mingi oyiga 5 ming kVt/soatdan oshiq va bor-yo‘g‘i, 4 ming abonent 10 ming kVt/soatdan ziyod elektr iste’mol qiladi" - deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik aytishiga ko‘ra, ko‘pchilik bu yangilikni sog‘lom aql bilan to‘g‘ri qabul qilyapti va qo‘llab-quvvatlamoqda. Ya’ni, 1-noyabrdan boshlab kim ko‘p energiya iste’mol qilayotgan bo‘lsa u meyoriy istemol miqdoridan oshgan elektr uchun qimmatroq narx to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr boshida energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 1 kVt elektr energiyasi tannarxi 800 so‘mdan oshayotganini aytib o‘tgan edi.
“Import qilinadigan texnologik uskunalar yoki boshqa mahsulotlarning narxi oshib bormoqda. Lekin tariflar o‘zgarmagani natijasida 1 kVt elektr energiyaning tannarxi 800 so‘mdan yuqoriroq. Ammo, tok aholiga 295 so‘mdan, yuridik shaxslarga 450 so‘mdan berilmoqda. Yetmagan qismi esa davlat budjeti hisobidan subsidiyalanib kelmoqda”, dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
O‘zbekistonda 28-sentabr kuni “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, “O‘zenergosotish” AJ hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tashkil etildi.
Formonga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasi “O‘zenergosotish” AJ tomonidan va magistral elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish funksiyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan to‘liq amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 90 foizi ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa neft mahsulotlarini yoqish evaziga olinadi. Respublika 2030-yilga qadar elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga yetkazishni maqsad qilgan.
Yangiliklar lentasi
0