O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi tayinlandi

© Foto : twitter.com/ZBenHillelJahongir Aminov
Jahongir Aminov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2023
Obuna bo‘lish
Jahongir Aminov ilgari O‘zbekistonning Isroil va Ozarbayjondagi elchixonalarida ishlagan.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi sifatida ish boshlaydi. Bu haqda Isroilning Toshkentdagi elchisi Zexavit Ben-Hilel X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
U Aminovga muvaffaqiyatlar tiladi va Isroildagi avvalgi tajribasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishiga ishonch bildirdi.
Jahongir Aminov 1974-yilda tug‘ilgan. Diplomat Samarqand kooperativ institutining (hozirgi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida hamda Toshkent shahrida ishlagan.
U 2000-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida, jumladan, markaziy apparatda, O‘zbekistonning Isroil va Ozarbayjondagi elchixonalarida faoliyat ko‘rsatgan. Bu lavozimga tayinlanguniga qadar MDH davlatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Aminov 2020-2023 yillarda Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi rahbari bo‘lgan Feruza Mahmudova o‘rnini egalladi.
Yangiliklar lentasi
0