Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish shanba kunidan boshlanadi — Putin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina.
Vstrecha Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Rossiyskoy Federatsii Vladimira Putina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya gazi Qozog‘iston orqali tranzit bilan O‘zbekistonga, yoqilg‘ining bir qismi esa Qozog‘istonga yetkaziladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berish shanba kunidan boshlanadi, dedi Vladimir Putin bugun Kremlda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

“Ertaga Shavkat Miromonovich va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Kemelevich Tokayev bilan birgalikda "Gazprom" tomonidan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish tantanali marosimida ishtirok etamiz. Bu tarixda birinchi marta sodir bo‘lmoqda. Ushbu transport tizimi orqali Rossiya gazi hech qachon Markaziy Osiyoga yetkazib berilmagan", - dedi Rossiya prezidenti.

Putin aytishiga ko‘ra, bu haqida O‘zbekiston rahbari bilan bir necha oy avval kelishib olgan.
"Rekord qisqa vaqt ichida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston ana shunday yetkazib berishni amalga oshirish uchun sharoit yaratishdi. Bizning gazimiz Qozog‘iston orqali tranzit bilan O‘zbekistonga, yoqilg‘ining bir qismi esa Qozog‘istonga yetkaziladi", - dedi Rossiya prezidenti.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu muhim va o‘zaro manfaatli loyiha O‘zbekiston va Qozog‘istonning energetik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish

2022 yilning noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga Rossiya gazini ushbu davlatlar orqali tashishni nazarda tutuvchi “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi.

2023 yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Energetika vazirligi va "Gazprom" kompaniyasi o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

16 iyun kuni Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”imzolangan edi.

Sentabr oyining oxirida O‘zbekiston Energetika vazirligi mamlakatda infratuzilma Rossiya gazini 1-oktabrdan qabul qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekiston Energetika vazirligima’lumotlarigako‘ra, shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi mo‘ljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 3 milliard kubometrni tashkil etadi va bu kelajakda oshirilishi mumkin.

Ta’kidlash joizki, Rossiya gazini O‘zbekistonga "Markaziy Osiyo — Sentr" gaz quvuri orqali yetkazib berish loyihasi eng tezkor va kam xarajatli usul hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun sobiq SSSR davrida 1960-yillarda qurilgan va ayni damda foydalanilmayotgan gaz infratuzilmasidan revers usulida foydalaniladi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0