Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

© AP Photo / Fatima ShbairRaketniy obstrel territorii Izrailya so storoni Sektora Gaza. 7-oktabrya 2023
Raketniy obstrel territorii Izrailya so storoni Sektora Gaza. 7-oktabrya 2023
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroildagi o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroildagi fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
“Vaziyatning keskinlashgani munosabati bilan O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarolariga Isroildagi barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rishni, xavfsiz joylarda bo‘lishni va rasmiylar xabardor qilinmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qiladi”, - deyiladi elchixona xabarida.
Favqulodda vaziyatlarda quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin: +972544851397, 03-672-2466.
Ma’lumot uchun, kecha, 7-oktabr kuni kechqurun Hamas tashkiloti Isroilga yangi raketa hujumlarini uyushtirdi.
Yangiliklar lentasi
0