Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 9-oktabr uchun ob-havo

© Sputnik/Elina BeknazarovaOsen v Tashkente i Samarkande.
Osen v Tashkente i Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2023
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zgidromet ertaga, 9-oktabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlar bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 9-14, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0