Qirg‘izistonda KXShT harbiy mashg‘ulotlari boshlandi - video

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishKXShT mashg‘ulotlari, arxiv surat
KXShT mashg‘ulotlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2023
Obuna bo‘lish
“Edelveys” poligonida KXShTga a’zo davlatlar tinchlikparvar kuchlari bilan “Mustahkam birodarlik-2023” qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Qirg‘izistonda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXShT) “Mustahkam birodarlik” mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
Mashg‘ulotlar Issiqko‘l viloyatidagi “Edelveys” poligonida bo‘lib o‘tadi. Ularga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiylari jalb qilingan. Bundan tashqari, 200 dan ortiq maxsus, tank-zirhli va avtomobil texnikasi, harbiy transport, qiruvchi va armiya samolyotlari, dronlar hamda jangovar katerlar jalb etilgan.

“Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadlari KXShT tinchlikparvar bo‘linmalari boshqaruvi mansabdor shaxslari va shaxsiy tarkibining amaliy ko‘nikmalarini oshirish, Markaziy Osiyo kollektiv xavfsizlik mintaqasida tinchlikparvarlik operatsiyasi vaqtida topshiriqlarni bajarishda harbiy qismlar va bo‘linmalarning uyg‘unligini shakllantirishdan iborat”, - deyilgan Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, baland tog‘li sharoitda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar davomida inqiroz zonasida mojarodan keyingi vaziyatni hal etish vazifalari – KXShT kollektiv xavfsizlik tizimi kuchlari va vositalaridan foydalangan holda tinchlikparvar operatsiyani o‘tkazish, gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0