O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sifatini baholash boshlandi — tafsilotlar

© Russkiy dom v TashkentePoznavatelniy kvest dlya doshkolnikov. Arxivnoe foto
Poznavatelniy kvest dlya doshkolnikov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
“MELQO” xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida 9-oktabrdan boshlab ilk bor “MELQO” xalqaro vositasi asosida maktabgacha ta’lim sifatini baholashning birinchi bosqichi boshlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim agentligi xabar berdi.
“Tasodifiy tanlash usuli yordamida respublika bo‘yicha 100 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olindi, baholash va ma’lumotlarni to‘plash sertifikatlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich 2024-yilda boshlanadi, bunda 250 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tanlab olinadi”, - deyiladi xabarda.
“MELQO” xalqaro vositasi butun dunyoda erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va ta’lim sifatini o‘lchash uchun ishlatiladi.
Ushbu tadqiqot bolalarning qanchalik yaxshi rivojlanganligi va bolalarning ta’lim muhitining sifati haqida ma’lumot beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha 2014-yilda YuNESKO, YuNICEF, Brukings instituti va Jahon banki tashabbusi bilan boshlangan.
Yangiliklar lentasi
0