Bugun Toshkentning ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2023
Obuna bo‘lish
Bektemir va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Bugun Toshkentning ayrim hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlarining quyidagi hududlariga 10-oktabr kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.
Bektemir tumani (10:00 dan 18:00 gacha): Mirishkor va Rohat mahallalari, aholi xonadonlari soni – 1500 ta, ulgurji iste’molchilar soni – 24 ta;
Sergeli tumani (11:00 dan 17:00 gacha): Farog‘atli, Xonabodtepa va Sug‘diyona mahallalari, aholi xonadonlari soni – 434 ta, ulgurji iste’molchilar soni – 6 ta.
Yangiliklar lentasi
0