Bugun poytaxtning ayrim manzillarida issiq suv bo‘lmaydi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishChelovek moyet ruki.
Chelovek moyet ruki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent shahrining ayrim manzillarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bugun, 12-oktabr kuni Toshkent shahrining ayrim manzillarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, "Toshkent issiqlik markazi" MChJ 5-IM "Chilonzor" qozonxonasi faoliyatini isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun bir kunga to‘xtatadi.
Shu munosabat bilan 12-oktabr soat 00:00 dan 12-oktabr soat 24:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Zargarlik, Lutfiy, Guliston, Farhod, Naqqoshlik, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Qatortol 2-ko‘chasi, Katta Xirmontepa, Taqachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari, Chilonzor dahasi 10÷26, 30, 31, G9A, 20A mavzelari, Naqqoshlik, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy 1,2, Beshqayrag‘och, Izza dahalari, O‘rikzor bozori doirasida.
Issiq suv ta’minoti 5-IM qozonxonasi ishga tushishi bilan darhol tiklanadi.
Shuningdek, quvur armaturalarini almashtirish va magistral quvurni rekonstruksiya qilish zarurati tufayli “Vodnik” dahasiga issiq suv ta’minoti quyidagi sanalarda vaqtincha to‘xtatiladi:
12 oktabr soat 13:00 dan 17:00 gacha;
16 oktabr soat 9:00 dan 20-oktabr 16:00 gacha.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va hududda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish doirasida zamonaviy qozonxona qurilishini yakunlash uchun zarur.
Yangiliklar lentasi
0