Ukrainaning Belgorodga hujumi: Sputnik jurnalisti jabrlandi, uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi

© SputnikXaybar Akifi. Arxivnoe foto
Xaybar Akifi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2023
Obuna bo‘lish
Sputnik jurnalistining rafiqasi ham yaralagan va ota-onasini yo‘qotgan.
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining Belgorodga dron bilan zarba berishi oqibatida jarohatlanganlar Sputnik muxbiri va uning rafiqasi bo‘lib chiqdi, ularning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi. Bu haqda “Rossiya segodnya” mediaguruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov ma’lum qildi.
“Ukraina droni zarbasi natijasida Sputnik Afg‘oniston tahririyatida ishlovchi 29 yoshli hamkasbimiz Xaybar Akifi og‘ir yaralandi va jonlantirish bo‘limida. Uning rus rafiqasi Olesya ham yaralangan. Katta fojia ro‘y berdi: Olesya ota-onasini yo‘qotdi, oila farzandini ham yo‘qotdi – ularning to‘rt yoshli qizaloqlari Amina halok bo‘ldi”, - dedi Kiselov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Rossiyadagi tinch qishloqlarga uyushtirgan terrorchilik hujumi umidsizlikdan. Chunki Kiyev rejimi frontda biror bir muvaffaqiyatga erisha olmayapti. Kiselov jurnalist oilasiga yordam ko‘rsatish, qo‘llab-quvvatlash va davolash uchun qo‘ldan kelgan hamma ish qilinayotganini qayd etdi. Yaralanganlarni Moskvaga olib kelish masalasi hal etilmoqda.
“Afsuski, bu bizning jurnalistlik korpusimizda birinchi yo‘qotishimiz emas: 2014-yilda halok bo‘lgan Andrey Stenin ham, bu yil yoz oyida halok bo‘lgan va Yekaterinburgda dafn etilgan harbiy muxbirimiz Rostislav Juravlov yodimizda”, - deya qo‘shimcha qilgan Kiselov.
Sputnik jurnalistining rafiqasi V.G. Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universiteti xodimi, filologiya fanlari nomzodi Olesya Akifi bo‘lgan.
RIA Novostining yozishicha, er-xotin keksa qarindoshlarini yoqlash uchun u yerga borishgan.
Belgorod yaqinida uylarga dron qulagani haqida bugun ertalab Belgorod gubernatori Vacheslav Gladkov ma’lum qilgan edi. Avvaliga ikki kishi jabrlangani xabar qilindi, keyin qutqaruvchilar vayronalar ostidan uch kishi, jumladan, bir bolaning jasadini olib chiqishdi. Ikkita uy deyarli butunlay vayron qilingan, yana bir nechtasi shikastlangan.
Yangiliklar lentasi
0