AQSh Isroil bilan “aqlli bombalar” yuborishni muhokama qilmoqda

© Foto : DoD / Lisa FerdinandoAQSh bayrog‘i
AQSh bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
Pentagon: AQSh harbiy yordam doirasida Isroil bilan “aqlli bombalar” yuborishni muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. AQSh Isroil bilan harbiy yordam doirasida aqlli bombalar yuborish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Pentagonning yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Kichik diametrli bombalar biz Isroil bilan maslahatlashayotgan aniq boshqariladigan o‘q-dorilar toifasiga kiradi”, — deb ma’lum qildi Amerika harbiy departamentining yuqori martabali vakili.
Yerdan uchirilgan kichik diametrli bombalar (GLSDB) aniq boshqariladigan o‘q-dorilar hisoblanadi va 150 km gacha masofaga ega.
Qo‘shma Shtatlar bu pozitsiyani Kiyevga harbiy yordamiga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0