Futbol: O‘zbekiston U-23 jamoasi Ispaniyaga qarshi durang o‘ynadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik futbolchilar nomdor Ispaniya jamoasiga qarshi mardonavor o‘yin ko‘rsatdi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Ispaniya yoshlar terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© Sputnik/Abdubakir Yunusov

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
1/3

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini

© Sputnik/Abdubakir Yunusov

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
2/3

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini

© Sputnik/Abdubakir Yunusov

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini - Sputnik O‘zbekiston
3/3

O‘zbekiston-Ispaniya o‘yini

O‘zbekistonlik futbolchilar ilk daqiqalardan ancha faol harakat qilishdi. Nomdor Ispaniya jamoasi ham qator hujumlar uyushtirdi. Biroq har ikki jamoa harchand urinmasin, birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham hisob ochilmadi. Qo‘shib berilgan to‘rt daqiqadan jamoalar unumli foydalana olishmadi. Natijada O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi bahs nursiz durang bilan yakunlandi.
Endi O‘zbekiston jamoasi 16-oktabr kuni Misrga qarshi navbatdagi o‘yinda maydonga tushadi.
Yangiliklar lentasi
0