Mirziyoyev “Hamdo‘stlik kubogi” futbol turnirini qayta tiklashni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
“Hamdo‘stlik kubogi” futbol turniri O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkin.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Hamdo‘stlik kubogi” futbol turnirini qayta tiklashni taklif qildi. Mirziyoyev bu taklifni Bishkekdagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) sammitida bildirdi.
O‘zbekiston yetakchisi yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalasi dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi qo‘shma loyiha doirasida kelgusi yilda “Hamdo‘stlikning yoshlar poytaxti” deb e’lon qilingan Toshkent shahrida tadbirlarga boy dastur tayyorlanyapti
“Shuningdek, “Hamdo‘stlik kubogi” futbol turnirini qayta tiklash va yoshlarimiz jamoalari o‘rtasida navbatdagi uchrashuvlarni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qilaman”, - dedi Mirziyoyev.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s glavoy FIFA Djanni Infantino - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2023
Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0