O‘zbekiston mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredpriyatie “Siyovush tekstil” v Kaganskom rayone Buxarskoy oblasti.
Predpriyatie “Siyovush tekstil” v Kaganskom rayone Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekistonda mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport ko‘rsatkichlari hajmi 5 mlrd dollarga yetkaziladi. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Anjumanda ma’lum qilinishicha, Toshkentda 18-20 oktabrda UzTextileEXPO 2023 – To‘qimachilik va moda sanoati VII xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
© Iteca ExhibitionsPoytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tekstilnaya i modnaya industriya - UzTextileExpo Autumn 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Poytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bu yil ko‘rgazmada Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoydan 180 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtiroki kutilmoqda. Shuningdek, 100 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishadi.
Qayd etilishicha, xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasining O‘zbekistonga ahamiyati katta. Chunki, investor va bayerlar bu ko‘rgazma orqali mahsulotlar bilan yaqindan tanishib, sifatni baholash imkoniga ega bo‘lishmoqda va hamkorlik uchun shartnomalar tuzilmoqda.
© Iteca ExhibitionsPoytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tekstilnaya i modnaya industriya - UzTextileExpo Autumn 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Poytaxtda UzTextileEXPO 2023Autumn – VII Xalqaro to‘qimachilik va moda ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
"So‘nggi 5-yil mobaynida mahalliy to‘qimachilik sohasida eksport ko‘rsatkichlari hajmi 3,5 mlrd dollarga yetdi. Ayni damda ushbu ko‘rsatkichni 5 mlrd dollarga yetkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda", — dedi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi marketing agentligi direktori Abduvali Sodiqov.
To‘qimachilik haftaligi doirasida Better Work Uzbekistan dasturi seminari ham bo‘lib o‘tadi. Unda Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va O‘zbekiston Ish beruvchilar konfederatsiyasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati va to‘qimachilik sanoati korxonalari ishtiroki kutilmoqda.
Shuningdek, hafta davomida to‘qimachilikda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan turli treninglar, jumladan, savdo platformalari, sertifikatlashtirish va innovatsiyalar bo‘yicha seminarlar, V2V uchrashuvlar, biznes turlar va yangi to‘qimachilik sanoati korxonalarini ishga tushirish marosimlari o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0