Futbol: O‘zbekiston Xitoy ustidan irodali g‘alabaga erishdi - video

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaXitoy-O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvi
Xitoy-O‘zbekiston o‘rtoqlik uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Vyetnamdan keyin Xitoyni ham mag‘lub etdi.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Uchrashuv Xitoyning Dalyan shahridagi "Dalian Sports Center” stadionida bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘lim avvalida "oq bo‘rilar" faol harakat qilishdi, ketma-ket ikkita burchak to‘piga ega bo‘lishdi. Biroq bundan unumli foydalana olishmadi. Raqiblar o‘yinning 41-daqiqasida xavfli hujum uyushtirishdi va darvozani ishg‘ol qilishdi. Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida xitoyliklar ustunligi bilan yakunlandi.
77-daqiqada Otabek Shukurovning ajoyib zarbasidan keyin Abbosbek Fayzullayev penalti ishladi. Shukuruv penaltidan gol ura olmadi, ammo qaytgan to‘pni o‘zi xitoyliklar darvozaga yo‘llab qo‘ydi - 1:1.
86-daqiqada Jamshid Iskanderov ikkinchi gol muallifi bo‘ldi va O‘zbekistonni oldinga olib chiqdi. O‘yinda boshqa gol urilmoqda. Shu tariqa, "oq bo‘rilar" xitoyliklar ustidan irodali g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Vyetnam ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan edi.
Yangiliklar lentasi
0