O‘zbekiston 2023-yilga borib sayyohlar oqimini 15 mln kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Aktan TemirkanovTuristi delayut selfi na fone dostoprimechatelnostey Samarkanda.
Turisti delayut selfi na fone dostoprimechatelnostey Samarkanda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Turizmni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilgacha bo‘lgan strategiyani ishlab chiqilmoqda
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilga borib sayyohlar oqimini 15 mln kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Butunjahon turizm tashkiloti (YuNVTO) Bosh Assambleyasi 25-sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni ikki baravarga ko‘paydi, turizm eksportidan tushayotgan daromad to‘rt baravarga o‘sdi. Misol uchun, sayyohlar soni bu yil Yaponiyadan 5 baravarga, Hindiston va Italiyadan 3,5 baravarga, AQShdan ikki baravarga ortdi.
“Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda mamlakatimizga jami 7 million sayyoh tashrif buyuradi. Ushbu ko‘rsatkichni 2030-yilga borib 15 millionga, ichki turizm oqimini esa 25 millionga yetkazishni reja qilyapmiz”, - dedi Mirziyoyev.
Turizmni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilgacha bo‘lgan strategiya ishlab chiqilmoqda. Bu borada asosiy yo‘nalish sifatida zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat beraladi.
Toshkent-Samarqand, Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida yana 6 ta tezurar poyezdlar olib kelinadi. 600 km qo‘shimcha temir yo‘llar quriladi.
Prezident 2025-yildan Toshkent-Xiva tezurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi, 2026-yilda esa bu yo‘nalish Nukus shahrigacha uzaytirilishini ta’kidladi. Shuningdek, Toshkent-Samarqand, Toshkent-Andijon yo‘nalishlarida xususiy-sherikchilik asosida pulli avtomagistrallar quriladi. Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 baravarga qisqaradi.
2023 yilga qadar yana 56 ta zamonaviy avialaynerlar olib kelinadi va aviaparklardagi samolyotlar soni 100 taga yetkaziladi.
Bundan tashqari, aviaqatnovlar soni 4 baravarga oshiriladi, barcha aeroportlarda “ochiq osmon” rejimi joriy qilinadi. Hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy-sheriklik asosida yangilanmoqda. Shuningdek, katta shahar va sayyohlar ko‘p boradigan manzillarda 30 yirik turizm klasteri tashkil etiladi.
Madaniy turizm salohiyatini oshirishga ham katta e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatida 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud. YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga 200 dan ziyod moddiy va 6 ta nomoddiy obyektlarimiz kiritilgan.
“Ko‘hna tarix durdonalari” milliy dasturi doirasida turistlarni o‘ziga jalb qiladigan madaniy meros obyektlari soni 800 tadan 2,5 mingtaga yetkaziladi, 745 ta madaniy meros obyekti restavratsiya qilinadi, 20 ta me’moriy yodgorlikda “ochiq osmon ostidagi muzey”lar tashkil etiladi.
“Ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatga keluvchilar sonini hozirgidan uch barobar ko‘proqqa oshiramiz. Ana shu ezgu maqsadda tabarruk ziyorat maskanlarining geografiyasi kengaytirilib, ularning yagona xaritasi yaratilmoqda”, - dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev mintaqa davlatlari bilan qo‘shma sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish, Markaziy Osiyoda transport-logistika imkoniyatlarini kengaytirish, jumladan, “Bir tur – butun mintaqa” dasturini amalga oshirish mamlakat diqqat markazida ekanini urg‘uladi.
“Muxtasar aytganda, tibbiy, ekologik, gastronomik, etno, ekstremal va boshqa turizm yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan ishlarimiz hisobidan kelgusida kamida 1 millionta yangi ish joylari yaratishni maqsad qilganmiz”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Yangiliklar lentasi
0