Qashqadaryoda avtobusdagi gaz balloni portladi: jabrlanganlar bor

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTez yordam mashinasi. arxiv surat
Tez yordam mashinasi. arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada jarohat olgan.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida "Isuzu" avtobusining gaz balloni portladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa 15-oktabr kuni soat 16:50 da tuman hududidan o‘tuvchi Qarshi-Buxoro ichki yo‘lida ro‘y bergan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro o‘rta og‘ir darajada jarohat olib, tuman tibbiyot shifoxonasiga yotqizilgan. Qolgan fuqarolarga ambulator va psixologik yordam ko‘rsatilgan.
"Eng asosiysi, hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan", — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0