Qashqadaryoda avtobus gaz balloni portlashi oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTez yordam, mashinasi
Tez yordam, mashinasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2023
Obuna bo‘lish
Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga 24 nafar bemor olib kelingan.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida avtobusda gaz balloni portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga 15-oktabr kuni soat 17:30 lar atrofida 24 nafar bemor olib kelingan.
Shundan 16 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. 4 nafar bemor turli jarohatlar bilan jarrohlik bo‘limida nazoratda qoldirildi. 4 nafar bemor reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Vafot etganlar yo‘q.
Vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining qat’iy nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muborak tumanida avtobusda gaz balloni portlagani xabar qilingan edi. FVV esa 4 kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0