Mirziyoyev Pekinda Xitoyning yetakchi kompaniyasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga "Amer International" Van Venina.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga Amer International Van Venina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
Van Venin O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi xorijiy, shu jumladan Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoit yaratayotgani va keng imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-oktabr kuni Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda “Amer International” industrial-sanoat xoldingi raisi Van Veninni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga "Amer International" Van Venina.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga Amer International Van Venina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Xitoyning yetakchi konglomeratlaridan biri bo‘lgan “Amer International” yuksak texnologiyalar, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, konchilik va qayta ishlash tarmoqlaridagi loyihalar bilan shug‘ullanadi. Kompaniya “Fortune 500” global reytingiga kirgan. Xitoyda va uning tashqarisida umumiy qiymati 60 milliard dollardan ziyod bo‘lgan loyihalarni amalga oshirmoqda.
Van Venin O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar dasturi xorijiy, shu jumladan Xitoy kompaniyalari uchun qulay sharoit yaratayotgani va keng imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga "Amer International" Van Venina.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga Amer International Van Venina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Kompaniya O‘zbekistonga Markaziy Osiyo mintaqasidagi biznesining bosh yo‘nalishi sifatida qarayotgani qayd etildi.
Misni chuqur qayta ishlash va undan yuqori qo‘shilgan qiymatli innovatsion va xaridorgir mahsulotlar, shu jumladan elektrotexnika, elektromobillar uchun akkumulyator batareyalari, mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga "Amer International" Van Venina.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i predsedatelya industrialno-promishlennogo xoldinga Amer International Van Venina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
“Amer International” kompaniyasi raisi Xorijiy investorlar kengashi faoliyatida ishtirok etishi, O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni tezlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0