Tadbirkorlardan ayrim hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda — ular qaysilar?

© Depositphotos.com / AndrewLozovyiBiznesmen, chitayushiy dokumenti. Illyustrativnoe foto
Biznesmen, chitayushiy dokumenti. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlardan 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik.Tadbirkorlardan ayrim faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda ma’lum qilindi.
Deputatlar ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.
Qonun loyihasi bilan davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlaridan jami 15 ta faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilish bekor qilinmoqda.
Ular ichiga diplom, litsenziya, ruxsatnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqalar kiradi.

“Shunga ko‘ra, 13 ta qonunga faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va hujjatlarni talab qilmaslik bo‘yicha tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda”, — deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.

Bundan tashqari, advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdori BHMning ikki baravaridan bir baravariga kamaytirish bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi quyidagilar uchun huquqiy asoslar yaratadi:
davlat xizmatlari sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash;
turli toifadagi davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish;
idoralarda fuqarolar haqidagi ma’lumotlar yagona identifikatorlar asosida saqlash.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Ayrim tadbirkorlarga kredit olishda garov talabi 50 foizga kamaytiriladi
Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladi
O‘zbekistondagi eng faol tadbirkorlar qaysi viloyatda
Sud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Tadbirkorlarga o‘z huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudda himoya qilish imkoniyati berilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0