Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Falastin xalqi Rossiyaga minnatdorlik bildiradi — elchi

© Sputnik / Nina ZotinaPosol Gosudarstva Palestina v Rossiyskoy Federatsii Abdelxafiz Nofal
Posol Gosudarstva Palestina v Rossiyskoy Federatsii Abdelxafiz Nofal - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Falastin elchisi Rossiya prezidentining mustahkam pozitsiyasi va Rossiya xalqining qo‘llab-quvvatalshi uchun minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Falastin xalqi Rossiyaga Yaqin Sharqda keskinlik avj olgan davrda ko‘rsatgan yordami va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik bildiradi, dedi Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdulhafiz Nofal RIA Novosti agentligiga.
“Falastin fuqarolari Rossiya rahbariyatiga, uning xalqiga, mamlakat musulmonlariga biz uchun og‘ir kunlarda ko‘rsatgan yordam va qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xalqaro darajada Falastinning huquqlarini himoya qilishdagi mustahkam va o‘zgarmas pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildiramiz", - dedi Nofal Moskva Jome masjidida Falastinda halok bo‘lganlar xotirasi uchun jamoaviy namozdan oldin.
Elchi, shuningdek, Rossiya musulmonlarining Falastin aholisiga xayriya yordami ko‘rsatishdagi muhim rolini qayd etdi.
"Rosiyaliklar bizning dard va iztiroblarimizni baham ko‘rishmoqda. Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasining "Zakot" jamg‘armasi Falastinga xayriya yordami ko‘rsatishni boshladi. Ibodatlar qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mening mamlakatim xalqimning mustahkam tayanchi bo‘lganingiz uchun tashakkur", — deb ta’kidladi elchi.
O‘tgan haftada, Falastinning HAMAS harakati Isroil janubiga ommaviy raketa zarbalari bergan va chegaraoldi hududida bosqinchilik operatsiyasi amalga oshirgan edi. Shundan so‘ng Isroil harbiylari G‘azo sektorini ommaviy bombardimon qila boshladi va bu anklav aholisini shimoliy qismdan janubga ko‘chishga majbur qildi. Ayni damda G‘azo sektoridagi qurbonlar soni uch mingdan oshdi, isroilliklar halok bo‘lganlar soni mingdan oshgan. G‘azo sektoridan bir milliondan ortiq kishi qochqin sifatida chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
Tomonlarning hududiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan arab-isroil mojarosi mintaqada o‘nlab yillar davomida keskinlik va janglar manbai bo‘lib qolmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1947-yildagi qarorida ikki davlat - Isroil va Falastinning yaratilishini belgilab berilgan edi, ammo faqat bir davlat - Isroil paydo bo‘ldi, lekin u kelishuvning muhim qismi bo‘lgan Falastin hududlarini to‘liq ozod qilmadi. Shu vaqtdan boshlab bir necha bor ikki xalq orasida urushlar bo‘lib o‘tdi, Isroil Falastin hududlarini bosib ola boshladi.
Yangiliklar lentasi
0