Mirziyoyev, Putin va Toqayev Pekinda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart Toqayev, arxiv surat.
Vladimir Putin, Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart Toqayev, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Uch mamlakat yetakchilari dolzarb masalalarni, jumladan, yaqinda Bishkekdagi muzokaralar chog‘ida ko‘tarilgan masalalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Pekindagi qator muzokaralardan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

“Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari Pekindagi rasmiy amaliy muloqotlari yakunlangandan so‘ng, norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar va unda dolzarb masalalar, jumladan, bir necha kun avval Bishkekda bo‘lib o‘tgan suhbatlar rivojini muhokama qilish davom etdi”, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlar prezidentlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun Pekinda bo‘lib turibdi.
Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” forumi ishtirokchilarini kutib olish marosimida qatnashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” forumi ishtirokchilarini kutib olish marosimida qatnashdi — foto
Yangiliklar lentasi
0