Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda

© unspash.com/RanurteCharm mahsuloti
Charm mahsuloti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyalari o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sun’iy charm ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Xitoy investorlari O‘zbekistonda sun’iy charm ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboyev Xitoy Xalq Respublikasining Dunguan savdoni rivojlantirish uyushmasi a’zolaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston va Dunguan shahri o‘rtasida charm-poyabzal sohasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma korxonalar ochish va ko‘rgazmalar faoliyatida tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Uchrashuvda “Dongguan Shenfeng New Material” hamda “Guandong Shenfeng Eco Technology” kompaniyalari rahbarlari o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sun’iy charm ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirishdi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya rahbarlarining fikriga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekistonda bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga talab yuqori. Qulay logistika va atrofdagi yirik bozor esa mahsulotlar eksportini yanada kengatirishga xizmat qiladi.
Dastlabki kelishuvlarga “UzCharmExpo-Eurasia-2023” XV charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi muzokaralarda erishilishi belgilab olindi.
Yangiliklar lentasi
0