Xitoy bilan qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

© Minenergo UzbekistanaUzbekistan i Kitay budet sotrudnichat v sfere vozobnovlyayemix istochnikov energii
Uzbekistan i Kitay budet sotrudnichat v sfere vozobnovlyayemix istochnikov energii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo bitimni imzoladi.
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi va Xitoy Davlat energetika boshqarmasi o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu bitimning maqsadi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda Xitoy – O‘zbekiston energetika hamkorligini doimiy ravishda yangi mazmun bilan boyitishdan iborat.
Bitim doirasida tomonlar “yashil rivojlanish”ga o‘tishni tezlashtirish, elektr uzatish tarmoqlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun butlovchi qismlarni qurish va modernizatsiya qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida ilmiy-texnik bazani rivojlantirish va qo‘shma tadqiqotlar olib borishda hamkorlik qiladi.
Mirziyoyev prinyal glavu energeticheskoy kompanii Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.10.2023
Mirziyoyev Xitoy elektr tarmoqlari kompaniyasi direktori bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0