Mirziyoyev Jonsaid Turdiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

© UzAJonsaid Turdiyev
Jonsaid Turdiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev, Tanzila Narbayeva, Nuriddin Ismoilov, Abdulla Aripov, Zoir Mirzayev, Abdullo Xursanov O‘zbekiston qahramoni Jonsaid Turdiyev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishdi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi, deb yozmoqda O‘zA.
Jonsaid Turdiyev vafoti munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Narbayeva, Quyi palata spikeri Nuriddin Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbari hamdardlik bildirishdi.

"Mamlakatimiz kon-metallurgiya sohasining taniqli vakili, samimiy va kamtarin inson Jonsaid Turdiyevning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi", — deyiladi hamdardlik matnida.

Turdiyev 1954-yil 20-iyun kuni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatni o‘tagach, Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 80-avtokorxonada haydovchi bo‘lib ish boshladi.
1977 yildan mehnat faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tizimida davom ettirib, qariyb o‘ttiz yil mobaynida "Qolmaqir" konida samarali xizmat qildi, ko‘plab shogirdlar tayyorlab, mamlakatimizning tog‘-kon sanoati rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Turdiyevning davlat va xalq oldidagi xizmatlari yuksak e’tirof etilib, u 1998-yilda "O‘zbekiston Qahramoni" oliy unvoni hamda "Oltin yulduz" medali bilan mukofotlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0