Taxiatosh neft bazasida 8 mlrd so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaAvtozapravochnaya stansiya.
Avtozapravochnaya stansiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2023
Obuna bo‘lish
“Taxiatosh neft bazasi”da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr dizel yonilg‘isida kamomad mavjudligi aniqlandi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. “Taxiatosh neft bazasi”da qiymati 8 mlrd 203 mln so‘mlik dizel yonilg‘isida kamomad aniqlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

“O‘zenergoinspeksiya Qoraqalpog‘iston respublikasi boshqarmasi tomonidan “Taxiatosh neft bazasi” MChJda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 861 ming 649 litr (8 mlrd 203 mln so‘mlik) dizel yonilg‘isida kamomad mavjudligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Yangiliklar lentasi
0