Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan yetakchi mamlakatlardan biriga aylandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPanorama Tashkenta. Arxivnoe foto
Panorama Tashkenta. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida Rossiya 15,9 foiz ulushga ega bo‘ldi.
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida Rossiya 15,9 foiz ulushga ega bo‘ldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston yanvar-sentabr oylarida jami 226,6 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirdi. Shundan xorijiy investitsiya va kreditlar 104,4 trln so‘m miqdorida qayd etilgan.
Xitoy va Rossiya o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lib qolmoqda. Unga ko‘ra, Xitoy 24,5 %, Rossiya esa 15,9 % ulushga ega bo‘lgan.
Shuningdek, uchinchi o‘rinda Saudiya Arabistoni – 7%, keyingi o‘rinlarda Turkiya – 6 foiz, Kipr – 4,1 foiz, BAA – 3,7 foiz, Germaniya – 3,5 foiz, AQSh – 3,3 foiz, Shveytsariya – 3,4 foiz va Singapur – 2,2 foiz.
Xorijiy sarmoyaning eng katta hajmi ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri kelmoqda - umumiy investitsiyalar hajmining 41 foizi (42,8 trillion so‘mga yaqin).
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
Ishlab chiqarish sanoati – 41 foiz (42,8 trln so‘m);
Tog‘-kon sanoati – 15,5 foiz (16,18 trln so‘m);
Elektr va gaz ta’minoti – 13,9 foiz (14,51 trln so‘m);
Tashish va saqlash – 7,5 foiz (7,83 trln so‘m);
Qishloq xo‘jaligi – 5,5% (5,74 trln so‘m);
Qurilish – 3 foiz (3,13 trln so‘m);
Axborot va aloqa – 2,6 foiz (2,71 trln so‘m);
Suv ta’minoti va kanalizatsiya – 2,4 foiz (2,51 trln so‘m);
Sog‘liqni saqlash – 1,3 foiz (1,36 trln so‘m);
Boshqa faoliyat turlari – 7,3 foiz (7,62 trln so‘m).
Konteyneri. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdosi 14 foizga o‘sdi
Yangiliklar lentasi
0