Turkiya aviakompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Sunexpress samolyoti
Sunexpress samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Obuna bo‘lish
Bu yo‘nalishdagi parvozlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Turkiyaning “Sunexpress” aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yo‘nalishdagi reyslar 12-noyabr kuni boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
“Sunexpress” aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan. Turkiya va Yevropa bo‘ylab muntazam va charter yo‘lovchi reyslarini amalga oshiradi.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” 4-noyabrdan Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.
Samolyoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2023
Rossiyaning 9 ta aviakompaniyasi Toshkentga uchish uchun ruxsatnoma so‘radi
Yangiliklar lentasi
0