O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda — foto
© NOKO‘zbekistonlik futbolchi qizlar muhim musobaqaga tayyorlanishmoqda
© NOK
Obuna bo‘lish
Osiyo mintaqasida ayollar futboli bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi saralash musobaqasining ikkinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Shu yilning 26-oktabr – 1-noyabr kunlari Osiyo mintaqasida ayollar futboli bo‘yicha Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi saralash musobaqasining ikkinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.
© NOKO‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda
© NOK
Toshkent shahri "S" guruhidan o‘rin olgan o‘yinlarga mezbonlik qiladi. Ayni paytda Midori Xonda boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi poytaxtda tayyorgarlikning so‘nggi qismini olib bormoqda.
© NOKO‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda
© NOK
Mazkur bosqichda har bir guruhdan (3 ta guruh) birinchi o‘rinni olgan jamoalar, shuningdek, uchala guruhda eng yaxshi natija qayd etgan 1 ta ikkinchi o‘rin sohibi hal qiluvchi davraga yo‘l oladi.
© NOKO‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi muhim musobaqaga tayyorlanmoqda
© NOK
Ilk ishtirokidayoq Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida yarim finalgacha yetib borgan qizlarning tayyorgarligi ushbu bahslarga qaratilgan.
Jamoaning taqvimi quyidagicha:
26 oktabr: O‘zbekiston – Vyetnam;
29 oktabr: O‘zbekiston – Yaponiya;
1 noyabr: O‘zbekiston – Hindiston.