Isitish mavsumi yaqin kunlarda boshlanadi — Toshkent shahar hokimligi

© Sputnik / Mariya DevaxinaIsitish batareyasi yonidagi mushuk. Illyustrativ surat.
Isitish batareyasi yonidagi mushuk. Illyustrativ surat.   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Qonunga ko‘ra isitish mavsumi, havoning o‘rtacha harorati besh kun davomida +8 darajadan past bo‘lganda boshlanishi kerak.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Toshkent shahrida isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati tavsiya bergan kundan boshlanadi, deb xabar qildi shahar hokimligi.
"Ma’lum qilamizki, isitish mavsumi Gidrometeorologiya xizmati agentligidan isitish mavsumini ma’lum sanadan boshlash tavsiyasi olinganidan keyin Toshkent shahar hokimining qarori bilan boshlanadi", - deyiladi xabarda
Shu bilan birga hokimiyat isitish mavsumi yaqin kunlarda boshlanishini aytib o‘tgan.
"Toshkent shahri aholisidan vaziyatga to‘g‘ri baho berib, sabr qilishlarini so‘raymiz hamda yaqin kunlarda isitish mavsumi boshlanishini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.
Hokimiyat, shuningdek, isitish mavsumining boshlanishi "jiddiy jarayon ekanini va ular bunga mas’uliyat bilan yondashishini" alohida ta’kidlab o‘tgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-son qaroriga asosan, poytaxtda isitish mavsumi ob-havoning sutkalik o‘rtacha harorati 5 kun davomida +8 darajadan past bo‘lgan vaqtda boshlanishi hamda harorat +8 darajadan oshganda tugatilishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0