Moskvada O‘zbekiston yoshlari ishtirokida “Xalqlar do‘stligi” forumi bo‘lib o‘tdi — foto

© Sputnik / Vladimir AlekseyevMejdunarodniy molodejniy forum "Drujba Narodov" v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete.
Mejdunarodniy molodejniy forum Drujba Narodov v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Obuna bo‘lish
Tadbirda ma’ruzachilar chiqishlari, milliy madaniyatlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar degustatsiyasi va konsert namoyish etildi.
TOShKENT, 25 okt – Sputnik. Moskva davlat lingvistika universitetida (MGLU) “Xalqlar do‘stligi” III Xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir MGLU va Rossiyadagi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.
© Sputnik / Vladimir AlekseyevMejdunarodniy molodejniy forum "Drujba Narodov" v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete.
Mejdunarodniy molodejniy forum Drujba Narodov v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023

“Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasi yoshlar tashkilotlari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash. Bunday yirik forumlarni tez-tez tashkil etib tursak, o‘ylaymanki, biz yanada yaqinlashib, birodarlik aloqalarini davom ettiramiz. Barchamiz yaxshi bilamizki, hozir hamma narsa dunyoda keskin o‘zgarmoqda va men barcha davlatlar bir-birini qo‘llab-quvvatlashini va hurmat qilishini istardim”, - dedi assotsiatsiyaning Moskva va Moskva viloyatidagi bosh koordinatori Davlatjon Tojiboyev Sputnik muxbiriga.

© Sputnik / Vladimir AlekseyevMejdunarodniy molodejniy forum "Drujba Narodov" v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete.
Mejdunarodniy molodejniy forum Drujba Narodov v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Forumda Rossiya TIV Yosh diplomatlar kengashi rahbari Konstantin Kolpakov, Rossiya Xalqlar palatasi direktori maslahatchisi Mehribon Sodiqova, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonalari xodimlari, yoshlar tashkilotlari a’zolari va Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy diasporalari ishtirok etdi.
Forum doirasida yalpi majlis, shuningdek, “Ommaviy diplomatiya/yosh tadbirkorlar” muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, tadbir mehmonlari uchun an’anaviy Osiyo taomlaridan tatib ko‘rish, turli mamlakatlar milliy madaniyatlari ko‘rgazmasi, mahorat saboqlari va konsert dasturi namoyish etildi.
© Sputnik / Vladimir AlekseyevMejdunarodniy molodejniy forum "Drujba Narodov" v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete.
Mejdunarodniy molodejniy forum Drujba Narodov v Moskovskom Gosudarstvennom Lingvisticheskom Universitete. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.10.2023
Yangiliklar lentasi
0