Toshkentda axborot texnologiyalari haftaligi boshlandi — video

Obuna bo‘lish
ICTWEEK davomida axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma, ta’lim forumi va tanlovlar bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida axborot texnologiyalari sohasiga bag‘ishlangan “ICT Expo Uzbekistan” ko‘rgazmasi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ko‘rgazmada 100 ga yaqin IT kompaniyalar ishtirok etmoqda. Ularning stendlardan robot texnikasi, mobil ilovalar va internet tizimlari taqdim etilgan.
Ko‘rgazma ishtirokchilari orasida Huawei, ZTE, Yandex kabi dunyoning yirik IT kompaniyalari stendlari ham bor.
Axborot texnologiyalar haftaligi (ICTWEEK) davomida axborot texnologiyalari ta’lim forumi ham bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma 27-oktabrga qadar davom etadi. Hafta yakunida AKT haftaligi g‘oliblari taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0