O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston reytingda so‘nggi 5-yillikdagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi ikki pog‘ona yuqorilab, 73-o‘ringa ko‘tarilib olgan. "Oq bo‘rilarning” Osiyo qit’asidagi o‘rni esa o‘zgarmay qolgan – 10-o‘rin.
Qo‘shnilardan Qirg‘iziston 97, Qozog‘iston 98, Tojikiston 109, Turkmaniston esa 141-o‘rinlarni band etgan.
Argentina hamon reyting peshqadami. Fransiya reytingda ikkinchi pog‘onani band etib turibdi. Braziliya kuchli uchlikka yakun yasagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi oktabr oyida Vyetnam (2:0) va Xitoyga (2:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi.
Yangiliklar lentasi
0