O‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etildi

© Ministerstvo sifrovix texnologiy respubliki UzbekistanO‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etildi
O‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2023
Obuna bo‘lish
Toshkentda Markaziy Osiyo “IPv6 Enhanced” sammiti o‘tkazildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. O‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etildi, deya xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Toshkentda o‘tayotgan “ICTWEEK – 2023” haftaligi doirasida Markaziy Osiyo “IPv6 Enhanced” sammiti o‘tkazildi.
Sammitdan asosiy maqsad – IPv6 protokolini joriy etish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekistonda IPv6 protokolini joriy etishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
“Sammit doirasida O‘zbekiston IPv6 Kengashi tashkil etilgani e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.
Tadbirda “IPv6 Forum”, “RIPE NCC”, “Huawei Technologies Co. Ltd”, “IETF IAB”, “UMS”, “Uzbektelekom” kabi xalqaro va mahalliy kompaniya va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman doirasida IPv6 protokolini amaliyotga joriy etish va integratsiya qilish bo‘yicha yetakchi xorijiy kompaniyalar va mamlakatlar tajribasi, erishilgan yutuqlar, duch kelinadigan muammolar, istiqbolli loyihalar va ushbu yo‘nalishdagi imkoniyatlar muhokama qilindi.
IPv6 - internet protokolining yangi versiyasi bo‘lib, oldingi versiya internetda foydalanilganda duch kelgan muammolarni bir qator fundamental o‘zgarishlar orqali hal qilish uchun mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0