IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga oid qator qulayliklar yaratildi

© Sputnik / Abdubakir YunusovSayt UZIMEI na fone telefona
Sayt UZIMEI na fone telefona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Xorijdan kelganlar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun mobil qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda qator qulayliklar yaratildi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, jismoniy shaxslar xorijdan o‘zi bilan olib kirgan ikkita mobil qurilma (telefon)ni bojxona to‘lovlarisiz ro‘yxatdan o‘tkazishi imkoniyati yaratildi. Ilgari bitta telefonni olib kirish mumkin edi.
Telefonlarni UzIMEI tizimida ro‘yxatga olishda masofadan turib (onlayn) shaxsni biometrik identifikatsiya (Face-ID) qilish joriy etildi.
Bunda jismoniy shaxs IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishni rasmiy veb-sayt (uzimei.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va uning mobil talqini hamda tizim ro‘yxatga oluvchilariga murojaat qilib, biometrik identifikatsiya orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
O‘zbekistonga xizmat safari yoki turizm uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar mobil qurilmalaridan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan foydalanish davri amaldagi 30 kalendar kunidan 60 kalendar kunigacha uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi mobil telefonlar maxsus IMEI kodi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi tartibi 2019-yil 1-apreldan joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0