Mirziyoyev huzurida energetika islohotidagi navbatdagi vazifalar ko‘rib chiqildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev huzurida energetika islohotidagi navbatdagi vazifalar ko‘rib chiqildi
Mirziyoyev huzurida energetika islohotidagi navbatdagi vazifalar ko‘rib chiqildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari mutasaddilarga respublikani elektr bilan ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida kecha, 26-oktabr kuni energetika bozori regulyatori faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Hozirgi kunda jami quvvatlar 85 milliard kilovatt soatga yetgan. Kelgusi yillarda yana 20 gigavattlik quvvatlarni ishga tushirish mo‘ljallangan. Yetti milliard dollar xususiy sarmoya evaziga 9 gigavatt quvvat yaratish rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka.
Pri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Ta’kidlanishicha, elektr ishlab chiqarish hajmini kamida 120 milliard kilovatt soatga yetkazish maqsad qilingan. Yangi quvvatlarni ishga tushirish va tarmoqlarni to‘liq modernizatsiyalashga 52 milliard dollar investitsiya zarurligi hisob-kitob qilingan.
Taqdimotda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish muddatlari va sohadagi rejalar haqida axborot berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka.
Pri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Davlat rahbari mutasaddilarga respublikani elektr bilan ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi. Bunda, erkin energetika bozoriga o‘tishning asosiy sharti O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlash uchun yetarli generatsiya quvvatlarini yaratish ekani alohida ko‘rsatib o‘tildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka.
Pri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Shuningdek, yagona elektr savdosi platformasini yaratish va 2024-yil yakuniga qadar uni sinovdan o‘tkazib, ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Prezident energetika bozorini erkinlashtirish jarayonida elektr energiyasini aholiga respublikaning barcha hududlarida 2035-yilga qadar bir xil narxda sotilishi talabiga hamda tariflarni belgilashda ijtimoiy himoya prinsipiga qat’iy rioya etish shartligini ta’kidladi.
Yangi tizim samarali ishlashi uchun uchta yo‘nalish – kadrlar tayyorlash, tarmoqning ilm-fan bilan uzviyligini ta’minlash va raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi. Bunday kompleks ishlash tartibini markazdan tortib hududlargacha tatbiq etish topshirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka.
Pri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Pri Prezidente Shavkate Mirziyoyeve sostoyalas prezentatsiya mer po effektivnoy organizatsii deyatelnosti regulyatora energeticheskogo rinka.
“Shu bois agentlikka bilimli mutaxassis va xorijiy konsultantlar ishga olinadi. Xodimlar Ispaniya, Xitoy, Turkiya va Germaniyaga malaka oshirishga yuboriladi. Xorijiy tajriba asosida yurtimizda ham muhandis, dispetcher, SCADA operatori va boshqa mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv kurslari tashkil qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Taqdimotda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan soha mas’ullariga qator topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0