Urush qonunlarini unutdingizmi? Sizga eslatib qo‘yishadi

© Sputnik / RIA NovostiPosledstviya izrailskix udarov po jilim rayonam v Gaze.
Posledstviya izrailskix udarov po jilim rayonam v Gaze.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2023
Obuna bo‘lish
Isroilning G‘azo sektorida tinch aholini bombardimon qilganidan so‘ng AQSh unga xalqaro huquqqa rioya qilmasa qurol yetkazib bermaslik bilan po‘pisa qildi. Xo‘sh, Ukraina-chi, unga hamma qonunlarni buzish mumkinmi?
AQShning nufuzli "Foreign Affairs" jurnalida chop etilgan maqolada hayratlanarli so‘zlarni o‘qish mumkin: Isroil urush va xalqaro huquq qonunlariga, shuningdek, axloqiy va strategik fikrlarga asoslanishi kerak. Agar bunga rioya qilmasa, Qo‘shma Shtatlar Isroilni qo‘llab-quvvatlamaydi.
Nima bo‘ldi? Bu masalada urush qonunlari va xalqaro huquq hali ham mavjudmi? So‘nggi yillardagi voqealar bizga bunday emasligini ko‘rsatmoqda. Yaqinda H"uman Rights Watch"ga ishga o‘tgan muallif tushuntirishiga ko‘ra: ha, shunday qonunlar bor, lekin Qo‘shma Shtatlar ularga amal qilishni xohlamagan edi.
Bu tashkilotning o‘zi... yumshoqroq qilib aytganda, murakkab taqdirga ega. Ammo bu ayol va ushbu maqola bir narsaga yaxshi misol bo‘lishi mumkin. Keling, biroz tarixga sayohat qilaylik.
Xalqaro huquqda bugungi urush qonunlarini qabul qilishning asoschisi Rossiya va shaxsan Nikolay II. Bu uzoq hikoya va u 1899 va 1907-yillar Gaaga konferensiyalari deb ataladi. Aynan Rossiya ushbu anjumanlarni o‘tkazishni taklif qilgan, ularning kun tartibini belgilab bergan va ikkalasiga ham raislik qilgan edi.
Birinchisida, quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilingan bo‘lsa, ikkinchisida — ushbu qoidalarga aniqlik kiritilgan edi. Xususan, jangda ishtirok etuvchilar va etmaydiganlar orasidagi farq, aholining partizanlik urushi olib borish huquqi, haddan ortiq azob keltiruvchi qurollardan foydalanish taqiqlangan edi. Shuningdek, harbiy ehtiyoj bo‘lmagan taqdirda dushman mulkini egallab olish yoki uni yo‘q qilish ham taqiqlangan edi.
Shu bilanm birga xususiy mulkni talon-taroj qilish, madaniyat yodgorliklari va tibbiy muassasalarga zarar yetkazish va harbiy asirlarni o‘ldirish ham taqiqlangan edi.
Va aynan shu damdan boshlab Harbiy jinoyat va urush qonunlarini buzish tushunchalari paydo bo‘lgan edi. Ha, bularning barchasiga va Gaagada xalqaro huquq poydevori qo‘yilishiga aynan Rossiya sababchi bo‘lgan edi. Keyinchalik Nyurnberg tribunali ham aynan mana shu urush qonunlagi asosida o‘tkazilgan edi.
Xalqaro huquqning ushbu qoidalari Rossiya armiyasi quruqlik kuchlari ustaviga 1912-yilda kiritilgan. U yerda aniq yozilgan — qurolli kuchlar dushmon tomonidagi tinch aholining hayoti, huquqlari, dini va urf-odatlarini hurmat qilishi kerak deb yozib qo‘yilgan.
Shuningdek, jang maydonida yaralangan va kasal bo‘lgan askarlarga yordam ko‘rsatish, ular hatto dushman tomonidan bo‘lsa ham, shuningdek harbiy asirlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish o‘z askarlari bilan bir qatorga ta’minlash ko‘rsatib o‘tilgan.
Urush vaqtida zaharlangan o‘q-dorilardan foydalanmaslik, qurolini topshirgan dushmanni o‘ldirmaslik, dushman qo‘shinlari joylashmagan qishloqlar va uylarni bombardimon qilish ta’qiqlangan....
Va bu qoidalar haliyam amal qilmoqda. Rossiya so‘nggi yillar davomida zamonaviy urushni ham qoidalar asosida olib borish mumkinligini ikki marotaba isbotladi.
Suriyada: tinch aholi janglar zonasidan chiqishi uchun koridorlar, fuqaro infratuzilmasiga zarba bermaslik, dushman bilan muzokaralar olib borish.
Ukrainada: Fuqarolik infratuzilmasiga zarba bermaslik, madaniy obyektlarni yo‘q qilmaslik, gumanitar koridorlar, asirlarga insonparvarlik qoidalari asosida munosabatda bo‘lish.
Rossiya askarlarining urushdagi ana shunday namunali xatti-harakati ba’zilar uchun juda jiddiy tahdidga aylandi. Ular bunga qarshi turish uchun barcha faktlarni 180 gradusga o‘zgartiradigan Amerika-Ukraina targ‘ibot mashinasini ishga solishdi.
Xo‘sh, nima uchun bizning xalqaro hujjatlarga rioya qilishimiz kimgadir jiddiy xavf tug‘diradi?
Chunki barcha xalqaro qonun qoidalar va shunchaki gumanitar prinsiplar asosida jang qilayotgan Rossiya bilan qiyslaganda AQShning terrorchilarga yoki ularga ma’qul kelmagan hukumatlarga qarshi kurashi o‘tkazgan harbiy operatsiyalari — xalqaro huquqning naqd aksi ekani yaqqol ko‘rnib qoladi. Afg‘oniston, Iroq, Suriyada Mosul va Raqqani bombardimon qilish, tinch aholi uylari suv ta’minot infratuzilmalarini yer bilan yakson qilish - bularning barchasi AQShga mumkin ekan.

Maqola muallifi Sara Yager HRWdan oldin Pentagonda inson huquqlari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan va urush vaqtida "tinch aholi uchun zararni kamaytirish choralari" nomli hujjat ishlab chiqqan ekan. Unga ko‘ra Davlat departamenti tinch aholiga zarar yetkazayotgan davlatlarga qurol-aslaha yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega ekan. Sara hozir Isroilga nisbatan ushbu qonunnii qo‘llashni talab qilmoqda.

Xo‘sh, Ukraina-chi? U barcha mavjud qonun va konvensiyalarni buzishi mumkin bo‘lsa-yu unga qurol yetkazib berish davom etaversa. Yoki kimdir Ukrainada sodir bo‘layotgan haqiqatni teleekranlarga uzatilayotgan yolg‘on suratlar yordamida abadiy yashirish mumkin deb o‘ylaydimi? AQSh bundan bu yot qoidalar asosida urush qiladimi? Uning vassallarichi? Ularga hamma narsa mumkinmi? Savollar, savollar...
Yangiliklar lentasi
0