Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi

© AP Photo / © AP Photo / Fatima ShbairRaketniy obstrel territorii Izrailya so storoni sektora Gaza. Arxivnoe foto
Raketniy obstrel territorii Izrailya so storoni sektora Gaza. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2023
Obuna bo‘lish
“Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi. Unda Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga vaqtincha kelmay turish so‘ralgan.
“Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz. Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, - deyiladi xabarda.
Murojaatda elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari qoldirilgan:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397.
Yangiliklar lentasi
0