“AQSh buyruq berishi kerak”: Zelenskiy qachon zudlik bilan Moskvaga kelishi mumkin

© AFP 2023 / ARIS MESSINISPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainaning sobiq bosh vaziri Zelenskiyning Rossiyaga kelish shartini ma’lum qildi.
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Bashartiki Vashington shunday qaror qabul qilsa, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskvaga tinchlik muzokaralari uchun zudlik bilan yetib keladi. Bu haqda Ukrainaning sobiq bosh vaziri Nikolay Azarov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“Unga (Zelenkiyga – tahr.), masalan, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken qo‘ng‘iroq qilib, shunday deyishi mumkin: “Menga qara, farmoningni bekor qilinganda, biz senga nima qilish kerakligini aytishimiz uchun avval Vashtingtonga, keyin Moskvaga safar qil”. Bu zudlik bilan bajariladi”, - dedi Azarov “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi mustaqil qaror qabul qilmaydi. U Zelenskiy faqat “qandaydir darajalarda” o‘z siyosatini yurishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya bir necha bor muzokaralarga tayyorligini bildirgan, biroq Kiyev hukumati qonunchilik darajasida buni taqiqlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat hech qachon muloqotdan bosh tortmagani, biroq boshqa tomon bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytishi kerakligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev G‘arb Ukrainadan qattiq charchaganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0