Islomobodda O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi o‘tkaziladi

© MIVT UzbekistanaO‘zbekiston va Pokiston bayroqlari
O‘zbekiston va Pokiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Forumda ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida turli sohalarda B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Noyabr oyida Islomobodda O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi o‘tkaziladi. Bu haqida Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi 14-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida turli sohalarda B2B uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Quyidagi sohalar bo‘yicha B2B uchrashuvlar tashkil etiladi:
oziq-ovqat;
yog‘och va mebel ishlab chiqarish;
farmatsevtika va sog‘liqni saqlash;
neft va kon;
kimyo va metallurgiya;
to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak;
charm;
turizm;
don mahsulotlari;
qurilish materiallari.
Xabarda Savdo-sanoat palatasi o‘zbekistonlik tadbirkorlarni biznes-forumda ishtirok etishga taklif etgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori Pokistonning ulushi 186 mln dollarga teng bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0